Bir loyiha tarixi…

Internet olamiga birinchi qo’ygan qadamimni hech qachon unutmasam kerak. O’sha paytlarda bu fenomen bizda unchalik ham avj olmagan edi. Juda ham kam kishi internetdan foydalanar edi. Ko’pchilik bu narsaga umuman e’tibor bermas edi. U paytlarda internetdan foydalanmaydigan odamni to’g’ri qabul qilinar edi.

Internet nimaligini 15 yoshligimda eshitganman, yuzaki ma’lumotga ega edim xolos. Internetdagi ulkan imkoniyatlarni umuman bilmas edim. O’sha paytlarda internet men uchun bir kompyuterdan boshqa bir kompyuterga o’zaro bog’lanmagan holda xabar yuborish hisoblanar edi xolos, ya’ni bugungi til bilan aytadigan bo’lsak – email. Ha, o’sha paytlarda email yuborish, qabul qilishni internet deb bilar edim. U paytlarda bizning maktabda xorijdagi maktab o’quvchilari bilan do’stlashish paydo bo’lgandi va shunday uslubda tanishilgan do’stlarni “pen-friend” deb atalardi. Internet bizga ham yetib kelganligi bois “pen-friend”larning o’rnini “internet friend”lar egallay boshladi. Informatika darsida kompyuterda maktub yozib, internet orqali internetdagi do’stlarimizga yuborar edik. U paytda hech kim o’zini internet foydalanuvchisi deb atamas edi.

Oradan 2-2,5 yil o’tgandan keyin bir yaqin do’stim meni internet cafega olib kirib (o’sha paytlar internet xizmatini ko’rsatuchi muassasalar shunday nomlanardi), IRC nimaligini ko’rsatib, tushuntirib berdi. Chatga kirdimu, qaytib chiqib ketishim juda qiyin bo’ldi. Haqiqiy internet chat ekanku, men esa e-mailni internet deb yurgan ekanman. Ertalabdan kechgacha internetdan chiqmaydigan bo’lib qoldim. Oladigan barcha stipendiyamni internetga sarflar edim. Ertalabgacha vaqtim internet-cafelarda o’tardi. O’qish ham ikkinchi darajaga o’tib qoldi. Bir so’m orttirsam ham internetga sarflar edim.

Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng bir do’stim Macromedia Dreamweaver (ha, u paytda Adobe hali Macromediani sotib olmagan edi) dasturini o’rnatib berdi va unda vebsaytlar yaratish mumkinligini ko’rsatib berdi. Men esa bu paytga kelib ilg’or internet foydalanuvchisiga aylanib bo’lgan edim. Vebsayt yaratish bo’yicha turli hil ma’lumotlarni qiziqib o’qir edim. PHP dasturlash tiliga qiziqib, o’sha internet cafega birinchi marta olib kirib, chat nimaligini ko’rsatib bergan do’stimdan PHPni ishlatish uchun IIS o’rnatib berishini iltimos qilgan edim. PHP.net saytidagi turli hil namunalarni bajarib ko’rib juda hursand bo’lardim. Dreamweaverni o’rnatib bergan do’stim CSS nimaligini tushuntirib bergandi, faqat u paytdagi CSS hozirgidan ancha farq qilardi (har bir CSS qoidasini alohida faylda saqlar edim ;) ). Oradan biroz vaqt o’tgan birinchi saytimni yaratdim. Avvallari turli hil vebsayt yaratish xizmatlarida sahifalarim bo’lar edi, lekin men hozir o’zim “nol”dan boshlab yaratgan saytim haqida gapiryapman. HTML yordamida foto galereya yaratgan edim. Bir necha shaxsiy saytlarni yaratganimdan so’ng, bu sohada jiddiy qadam qo’yishga qaror qildim. Vaqti soati kelib, ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan bir firma uchun sayt qilib berdim. Undan keyin ham turli hil vebsaytlar yaratdim, CMSlarni o’rgana boshladim, WordPress nimaligini bildim, CSS/XHTMLni o’rgandim va hokazo. WordPressni o’rganganimdan so’ng, blogging olamiga kirib keldim desam ham bo’ladi. Chunki WordPress bu blog platformasi edi, blog yuritmasdan turib esa WordPressning qanday ekanligiga baho berish mumkin emas.

Bir paytlar email, chat, forum kabi narsalar internet nimaligini aniqlab bergan bo’lsa, bu paytga kelib internet deganda birinchi o’rinda blog yuritishni tushuna boshlandi. Hattoki Time jurnali 2006 yilni bloggerlar yili deb atadi. Blog yuritish haqiqiy “moda” tusiga kirgan edi. Agar yaxshilab o’ylab qarasak, haqiqatdan ham blog insonlar uchun juda keng imkoniyatlarni yaratib beradi. Istalgan sohada mavzu ochish, fikr yuritish, hamfikrlar bilan muhokama qilish, ilm o’rganish va hokazo. Men o’zim blog yuritish orqali juda ko’p narsalarni o’rgandim, bildim. Aynan ushbu maqsadni ko’zlagan holda, ya’ni o’zimiznikilarga mana shunday imkoniyatlarni yaratib berish uchun Blogger.uz vebsayti yaratildi. Bu saytni loyiha deb atashim kimningdur g’ashiga tegishi mumkin. Lekin men uchun bu haqiqatdan ham bir loyiha. Bu loyiha ustida ishlashni hech qachon to’xtatmoqchi emasman, doimo rivojlantirishni maqsad qilib qo’yganman. Bunday holatga keltirish oson bo’lmadi, bu loyiha juda ko’p qiyinchiliklarga duch qildi, juda ko’p o’ylanishga, izlanishga undadi. Lekin bugungi kunda undagi foydalanuvchilarni, ularning harakatlarini kuzatar ekanman, barcha qiyinchiliklar esdan chiqib, yana ham ilg’orlanib ketaman. Bu narsa meni juda ilhomlantiradi, balki shuning uchun bu loyihadan hech qachon yuz o’girmasam kerak.

About admin

Blogger.uz asoschisi.
This entry was posted in Umumiy. Bookmark the permalink.

2 Responses to Bir loyiha tarixi…

  1. iblogger says:

    Loyihalaringizni rivojlantirishdan to’xtamang! Biz siz bilan!

  2. boburiy says:

    Sizga Ulkan Muvafaqqiyatlar Tilaymiz!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>